Koronavirus «sovg‘asi» bilan tashrif buyurgan Santa Klaus qariyalar o‘limiga sababchi bo‘ldi

Koronavirus bilan kasallangan Santa-Klaus avliyo Nikolay kuni Belgiyaning Antverpen provinsiyasida joylashgan Mol shahridagi qariyalar uyiga tashrif buyurganidan keyin vafot etgan bemorlar soni 23 taga yetdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy OAVga asoslanib xabar bermoqda.

Avvalroq jami 121 bemor va 36 xodimlar kasallikni yuqtirgan, 18 kishi o‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ertak qahramoni rolini o‘ynagan aktyor bayramdan bir necha kun o‘tgach, infeksiyaga analizi ijobiy chiqqanidan keyin atrofdagilar xavotirga tushishdi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirda ehtiyot choralari ko‘rilmagan: ko‘pchilikda niqob bo‘lmagan va aktyorlar ijtimoiy masofa saqlamagan.

Mamlakatning yetakchi virusologlaridan biri Mark van Ranst bitta artist shuncha odamga birdaniga infeksiya yuqtirishi mumkinligiga shubha bildirdi. Mutaxassisning fikricha, bu hatto «supertarqatuvchi» uchun ham juda ko‘p. Uning fikricha, xonaning yaxshi shamollatilmagani ommaviy zararlanishga sabab bo‘lgan.

27 dekabr kuni Yevropada koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Vaksinani Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Bolgariya, Chexiya, Ispaniya va Italiya aholisi qabul qilishadi. Birinchi bosqichda Yevropa Ittifoqining har bir mamlakatidan vaksinatsiyada birinchi o‘rinda turgan besh mingga yaqin kishini emlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ommaviy emlash bahorda boshlanadi.