Koronavirusga chalinib, tuzalgan bemorlarda qanaqa asoratlar qolmokda?

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.

- Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmokda?

- Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznenniy ob’yem legkix) 20-30 foizga kamayishi, shuningdek,  alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimaning yuzaga kelishi tufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin. Bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.