Koronavirusni 2 sutka ichida yo‘q qiluvchi preparat topilgani rostmi?
- 09.04.2020 15:03
- 1231
- Salomatlik
Bugun OAVlarda avstraliyaliklar ixtiro qilgan "Ivermektin" preparati virus koloniyasini kamaytirish xususiyatiga ega ekani haqida internetda maqola e’lon qilindi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
— Ivermektin — parazitlarga qarshi dori vositasi, JSSTning asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. Uning COVID-19ga qarshi tajribalarda FAOL ekani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. "Ivermektin"ni COVID-19ga qarshi kurashda odamlarda qo‘llash ularning klinikagacha va klinik tekshiruvlariga bog‘liq, - deya javob berdi bugun AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
Uyda mustaqil davolanish — salomatligingizga zararligini yana bir bor ta’kidlamoqchimiz. Faqatgina shifokor tavsiyasiga ko‘ra, dori vositalarini qabul qilishingizni so‘raymiz.