Koronavirusning yangi shtammi sababli Vetnamda 80 ming kishi evakuatsiya qilindi

Koronavirusning yangi shtammi huruji sababli Vetnamning Da Nang shahridan 80 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Skynews taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shahar hududida 11 nafar koronavirus holati aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi uch oy ichida Vetnamda koronavirus holati aniqlanmagan.
Vetnamning markaziy VTV telekanali bergan xabarga ko‘ra, genetik tahlil natijalari COVID-19ning ilgari uchramagan yanada yuqimliroq va tajovuzkor yangi shtammi ekanligini ko‘rsatgan.
27 iyul kuni Rossiya iste’molchilar nazorati (Rospotrebnadzor), koronavirusning Vetnamda aniqlangan yangi shtammini rossiyalik mutaxassislar o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.