Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Unga qarshi qanday kurashyapmiz?

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari korrupsiyaning asl mohiyati, unga olib keluvchi holatlar, pora berish, olish va vositachilik qilish kabi jinoyatlarning og‘ir oqibatlari xususida so‘z yuritdi.

– Korrupsiya, bu – jamiyatni tanazzulga olib keladigan illat, – deydi Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi Bobur Xurshidov. – Bu illat davlatda qonun ustuvorligiga putur yetkazadi. Qonun ustuvor bo‘lmagan jamiyatda fuqarolar huquqlari buzilishi ko‘p uchraydi. Korrupsiya odamlar xavfsizligiga tahdid soladi, jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu muammolarning oldini olishda nafaqat huquq-tartibot idoralari xodimlari, balki har bir fuqaro faol ishtirok etmog‘i zarur.

Tadbir so‘ngida “Korrupsiya – halokatga yo‘l”  hujjatli filmi namoyish etildi.

B.SAFAROV.