Korrupsiyani qanday to‘xtatish mumkin?

1994 yil so‘nggida “Finansial Tames” gazetasi 1995 yilni “Korrupsiyaga qarshi kurash yili”, deb e’lon qilgandi. Birlashgan Millat tashkiloti korrupsiyaga oid savodxonlikni tashviqot qilish uchun 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni, deb e’lon qildi va bu kun 2004 yildan buyon dunyo miqyosida nishonlanadi.

Sana munosabati bilan viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

- Singapur dunyoda korrupsiyasiz davlatlardan biri hisoblanadi, - deydi boshqarma bosh yuristkonsulti Eldor Temirov. – Ular bunga ishchilar maoshini bir necha barobar oshirish va ma’lum maddatdan so‘ng pora olgan xodimlarni yoppasiga jazolash orqali erishgan. Yurtimizda ham keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, hisobot va boshqa turdagi qabul qilinadigan hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishidan elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilgani ham noqonuniy pul aylanishiga chek qo‘yishga qaratilgan. Davlat idoralarining xizmatlari ham bosqichma-bosqich davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaning 63 foizi iqtisodiy muammmolar, 17 foizi byurokratiya, 10 foizi monopoliya va boshqa sabablar tufayli yuzaga keladi.

Seminarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

O‘.XUDOYBERDIYEV.