Korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish muddati tasdiqlanadi

Prezidentning 2022 yil 8 noyabrdagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 martga qadar amalda faoliyat yuritib kelayotgan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish jarayonlarini 2025 yil 1 yanvarga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.

Xo‘jalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aksiyadori) va kreditorlari huquqlarini himoya qilish uchun 2023 yil 1 apreldan mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming barobaridan ko‘p bo‘lgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas.

Tadbirkor uchun yana bir yengillik Davlatimiz rahbarining 2022 yil 9 noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’yektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish;

- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish bekor qilindi.

Azizbek Rahimov,
Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.