Kovid bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi hisoblanadimi?

Amerika Qo‘shma shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham KOVID kasalligini o‘tkazgan ba’zi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo‘lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda. Lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. Ammo kasallikning o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajasidagi bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat kasallik jarayonini kechirmoqda. Bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liq.

Bugungi kunda virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlar, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.

Bu esa yana bir bor, kasallangan bemorlarni alohidalash, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirish, umuman, uydan tashqariga chiqishni cheklash kerakligini bildiradi.

Bu haqda AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.