Kredit olib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi
- 04.11.2019 14:31
- 214
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan «L.M.S» MChJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «F.R» MChJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB «Ipotekabank»ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 million yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berishni va’da qilib, ushbu xizmati evaziga undan 30 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.