Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi
- 02.10.2019 11:31
- 627
- Salomatlik
O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko‘p miqdor ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo‘yicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste’mol qilish monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ekspert guruhi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 54 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa