Kun tarixi: 15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni
- 15.03.2019 07:37
- 639
- Siyosat

1983 yildan buyon ushbu sana butun dunyoda Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
1985 yil 9 aprelda BMT Bosh assambleyasi tomonidan iste’molchilar huquqlari muhofazasining asosiy tamoyillari qabul qilingan.
Respublikamizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Asosiy Qonunimizning 53-moddasida iste’molchilar huquqlari ustunligi prinsipi o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, iste’molchilar haq-huquqlarini ta’minlashda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun hamda
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Bugun, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Bugun, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Bugun, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat