Kuvayt kompaniyasi vakili Payariq tumani hokimi bilan hamkorlikning masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning "Alsalam Media Company: Project Development" kompaniyasi vakillarining Samarqand viloyatiga ishchi safari tashkil etildi.
Kuvayt tomoni tashrif davomida Samarqand viloyatining Payariq tumanida bo‘lib, tuman mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi va hududda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar bilan tanishdi.
Xususan, Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov kechgan muloqot chog‘ida hududda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Shuningdek, tuman hududida joylashgan Imom Buxoriy majmuasiga Kuvaytdan sayyohlar oqimini ko‘paytirish va Payariq tumaniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA.