KXDR yetakchisi Kim Chen In AQShni mamlakatning eng katta dushmani deb atadi
- 10.01.2021 14:50
- 165
- Xorij
Bu haqda RIA Novosti Janubiy Koreyaning "Renxap" nashriga asoslanib xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyat boshqaruvida kim bo‘lishidan qat’i nazar, AQShning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Uning ta’kidlashicha, «adovatli siyosat»ni to‘xtatishgina ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga hissa qo‘shishi mumkin.
Avvalroq Shimoliy Koreya Jo Bayden boshchiligida AQSh yangi ma’muriyatining birinchi oylarida qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreyaning tadqiqot markazi ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyan Vashington reaksiyasini sinab ko‘rish va yangi ma’muriyat e’tiborini tortish maqsadida harbiy chaqiriqlar bilan kechgan AQSh rahbariyati o‘zgarishini ilgari ham kuzatgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa