KXDR yana raketa uchirdi, Yaponiya munosabat bildirdi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida KXDR raketa sinovlarini davom ettirayotganini qayg‘uli holat deya, Yaponiya dengizi tomon yana noma’lum snaryad uchirilishiga munosabat bildirdi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokio KXDR tomonidan amalga oshirilgan raketa uchirilishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishda davom etmoqda. Biroq hozircha u qulagan joy, raketa parvozi balandligi va boshqa tafsilotlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim eta olmaydi.
5 yanvar kuni Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR Yapon dengizi tomon noma’lum snaryad otganini ma’lum qildi. Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR ballistik raketa uchirgan. Agentlik baliq ovlovchi kemalarni vayronalarga yaqinlashmaslik va ehtiyot choralari haqida ogohlantirdi. Yaponiya hukumati qoshida raketa uchirilish haqida ma’lumot to‘plash uchun favqulodda shtab tashkil etilgan.
KXDR oxirgi marta raketa sinovlarini o‘tgan yilning kuzida o‘tkazgan edi.