Madaniy meros ob’yektlari bor ko‘chalarga 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari kiritilmaydi
- 16.08.2023 16:26
- 36
- Madaniyat
Hukumatning tegishli qaroriga endilikda tarixiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari qo‘yilmaydi.
Shuningdek, moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi va bunda chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur ob’yektlarga shikast yetkazmaslik choralari ko‘riladi.
Teglar:
madaniy meros