Makron koronavirusga chalindi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda Reuters Yelisey saroyi ma’lumotiga asoslanib yozadi.

Unda COVID-19 test natijalari ijobiy chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Makron kamida bir hafta davomida izolyasiyada bo‘ladi. Bu vaqt ichida prezident masofadan turib ishlaydi.

3 dekabr kuni Fransiyaning sobiq prezidenti va «Katta yettilik» asoschisi Valeri Jiskar 94 yoshida koronavirus tufayli vafot etdi. Sentyabr oyida respublikaning sobiq prezidenti Parijdagi Jorj Pompidu kasalxonasida yengil o‘pka infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallangan 2,4 million kishi bor. 59 mingdan ortiq odam COVID-19 pnevmoniyasi oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli vafot etdi.