Makronning yangi rejasi: suv sarfini kamaytirish va undan foydalanish uchun tariflarni oshirish

Fransiya iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik xavfi sharoitida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash niyatida. Suvni tejash milliy rejasini prezident Emmanuel Makron taqdim etdi. 2030 yilgacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suv sarfini 10 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Gap sug‘orish tizimlarini takomillashtirish va suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, suvdan foydalanish uchun tariflarni bosqichma-bosqich oshirish haqida bormoqda.

"Energetikada bo‘lgani kabi, yozga qadar biz har bir sohadan suvni tejash rejasini so‘raymiz. Yaqin kunlarda vazirlar bu bilan bog‘liq soha vakillari - energetika, sanoat, turizm, dam olish, qishloq xo‘jaligi vakillarini yig‘ishadi. Bu vaziyat qanday rivojlanayotganini hamma bilsa, har kim o‘z mas’uliyatini his qilsa va sa’y-harakatlar birgalikda ekanligini bilganimizda ishlaydi”, deya iqtibos keltiradi "Euronews" Emmanuel Makronning so‘zlaridan.

Makron shuningdek, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi agentliklar uchun qo‘shimcha 500 million yevro ajratilishini ma’lum qildi.

Fevral oyida Fransiya yana bir qurg‘oqchilik davrini boshdan kechirdi, bu qishki rekord bo‘ldi. O‘tgan yilning yozi eng issiq va qurg‘oqchil kelgandi.