Maktab-internatlarga qabul uchun test sinovlari qachon bo‘lib o‘tadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 173-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2019 yil 7 avgustdagi 14/1–1601-son topshirig‘iga muvofiq Davlat test markazi tomonidan ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining beshinchi va yettinchi sinflariga o‘quvchilar qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda joriy yil 21 avgustdan 26 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.