Maktablarda Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

 

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi,  O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov bu yil 80 yoshni qarshilaydi.

Shu munosabat bilan viloyatimiz tuman, shaharlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda viloyatdagi 1247 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabning 126 ming nafardan ortiq 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Har bir sinf kesimida tuman (shahar) miqyosida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlandi.

Tanlovda g‘oliblikni egallagan o‘quvchilar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dilorom Abdurahmonova.