Maktablarda koronavirus kasalligining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi
Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi tizimida uning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
SSV tavsiyasiga ko‘ra, XTV tizimida o‘tkir respirator infeksiyalari (O‘RI), gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.
Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Unga ko‘ra, xonalar harorati me’yorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;
- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;
Shuningdek, hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;
- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;
- talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta’minlash;
- xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish.
O‘zingiz va oila a’zolaringizda yuqorida qayd etilgan kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan hududingizdagi tibbiyot muassasasiga murojaat etish so‘ralgan.