Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra:

- xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2019/2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi;

- o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.