Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari bekor qilinishi mumkin
- 18.04.2020 10:25
- 391
- Ta’lim
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan umumta’lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yoki bekor qilish bo‘yicha savollar berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda XTV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali xabardor qiladi.
“Shu o‘rinda, o‘quvchilar “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni