Mansabdor shaxslarga 573 ta deputatlik so‘rovi yuborildi
- 30.03.2019 12:44
- 26
- Siyosat
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashining navbatdagi plenumida ta’kidlanishicha, partiyaning deputatlik guruhlari tomonidan aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga 573 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan bo‘lsa, ularning 272 tasiga ijobiy yechim topilgan. Qolganlarining ijrosi deputatlik nazoratiga olingan.
Shuningdek, plenumda O‘zXDP viloyat kengashi va ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi, qo‘mitaning 2018 yildagi faoliyatiga doir hisobot, deputatlik guruhining amalga oshirgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi. Kengashning o‘tgan yilgi byudjeti ijrosi, 2019 yildagi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
Teglar:
deputatlar