Markaziy Osiyoda ilk bor Smart-muzey Samarqand shahrida ochildi
Markaziy Osiyoda birinchi Smart-muzey Samarqanddagi Amir Temur mavzoleyida ochildi. Hozirgi vaqtda o‘nta ko‘rgazma uchun besh xil – rus, o‘zbek, ingliz, fransuz va koreys tillarida ovozli qo‘llanma mavjud.
Smart-muzey yaratilishining birinchi tajribasi, turizmning rivojlanishi uchun uning maqsadi va ahamiyati haqida OOO «SmartChain» direktori Bobur Rahimov so‘zlab berdi. Uning so‘zlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ko‘rgazma yoki maqbara haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mehmonlar zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishlari mumkin.
Texnik imkoniyatlar mehmonni uzoq yillar davomida, joylar va voqealar muhitida batamom bo‘lishida, tarixiy va madaniy an’analarni aniq ko‘rsatadigan tarixiy sahnalarni va tasvirlarni qayta tiklashga imkon beradi.
Tashrif buyuruvchilar uchun smartfondan foydalanilganda (har bir tashrifchiga quloqchin (naushnik) beriladi) asosiy eksponatlar uchun ovozli ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Smartfon kamerasini ko‘rgazma ob’yektiga yo‘naltirilsa, mehmonga san’at ob’yekti haqida hikoya qiladi.
Toshpo‘lat Rahmatullayev.