Mashhur tish pastasi daromadini oshirgan va 100 ming dollarga tushgan uchta so‘z

Taxminan 50 yil oldin bir kishi tish pastasi ishlab chiqaruvchisiga kompaniya daromadini deyarli hech qanday xarajatsiz 40 foizga oshirish taklifi bilan murojaat qiladi va bu sirli maslahat uchun 100 ming dollar talab qiladi.

Katta mablag‘ to‘lamoqchi bo‘lmagan tashkilot rahbariyati o‘z mutaxassislarini jalb qiladi. Ular o‘sha odam bilgan sirni topishlari kerak edi. Biroq, ular hech narsa topa olmagach, ishlab chiqaruvchi chekni imzolashga majbur bo‘ldi. Bunga javoban esa uchta so‘z yozilgan qog‘ozni oldi: "Teshikchani kattaroq qiling".

Kompaniya darhol tish pastasi yelim idish teshigi diametrini besh millimetrdan olti millimetrga oshiradi va sotuvlar 40 foizga oshadi. Chunki tish pastasi tezroq tugay boshlaydi-da.