Mehnat yarmarkasida 46 kishi ishga yo‘llanma oldi

Samarqand shahridagi Vatanparvar mahallasida Markaziy harbiy okrug harbiy qism va muassasalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda viloyatimizdagi 142 ta korxona va tashkilot 1731 ta bo‘sh va 277 ta kvota ish o‘rni bilan qatnashdi.

Tadbir davomida ish so‘rab murojaat qilgan 182 nafar fuqaroning 46 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Samarqand harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan fuqarolarga mehnat qonunchiligi, shu jumladan, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi tushuntirildi.

B.XONKELDIYEV.