Mehnat yarmarkasida mardikor bozorlarida yurgan 11 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 14 dekabr kuni Samarqand viloyati ichki ishlar organlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ishlovchi inspektorlar Samarqand tumanidagi 2 ta mardikor bozorlarida bo‘lib, u yerdagi 60 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlashib, doimiy ish bilan band bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida 2019 yil 17 dekabr kuni Samarqand shahrida tashkil etilayotgan Mehnat yarmarkasida ishtirok etishi va ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari mumkinligi tushuntirilgandi.
Bugun Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabida Mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rnilari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarkada Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova, jurnalistlar, blogerlar qatnashib, ish izlab kelgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi, ularning fikri va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida mardikorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 11 nafar xotin-qizlar Samarqand shahridagi “Daka” MChJ, “Zarafshon tekstil” MChJ, Afrosiyob “Jins” MChJlarda o‘zlariga munosib ish o‘rinlarini topdi va mutassadi tashkilotlar bilan mehnat shartnomalarini imzolashdi.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.