Meksika 750 million kishini qashshoqlikdan qutqarish «retsepti»ni taklif qildi
Meksika qashshoqlikka qarshi kurash retseptini topib, uni boshqalar bilan baham ko‘rayotganga o‘xshaydi: Prezident Andres Manuel Lopes Obrador mamlakati raislik qilayotgan BMT Xavfsizlik Kengashidagi munozaralar doirasida resurslar va boylikni yanada adolatli taqsimlash dasturini e’lon qildi.
"Meksikaning butunjahon birodarlik va farovonlik davlatini yaratish bo‘yicha taklifida kamida uchta asosiy manbadan to‘ldiriladigan jamg‘arma orqali moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Birinchisi, dunyodagi minglab eng boy odamlarning yillik daromadidan ixtiyoriy 4 foizlik badallar yig‘imi. Ikkinchisi – bozor qiymatidan kelib chiqib xususiy boy korporatsiyalar badali. Uchinchi tarkib - G20 davlatlari YaIMning 0,2 foizi miqdoridagi badallardir.
Meksika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus trillion dollar yig‘ishga yordam beradi va shu tariqa o‘z ehtiyojlari uchun kuniga ikki dollardan ko‘p mablag‘ sarflamayotgan 750 million kishini qashshoqlikdan qutqaradi.
Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus pandemiyasi 100 million odamni qashshoqlikka olib kelgani, 4 milliard yerlik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini himoya qilish kafolatlaridan mahrum bo‘lganini aytgandi.