MIB: Nojo‘ya xatti-harakat sodir etganlar bilan murosa qila olmaymiz

MIB: Nojo‘ya xatti-harakat sodir etganlar bilan murosa qila olmaymiz

Ta’kidlash kerakki, bugun korrupsiya holatlariga keskin kurash ketayotgan bir vaqtda, avvalo, uning ildiz otishiga sababchi bo‘layotgan omillar bilan kurashish eng samarali usullardan biri, desak adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, bu pul bilan bog‘liq holatlarda yanada qaltis vaziyatlarni yuzaga keltiradi.

Xo‘sh, byuro xodimlari sohadagi korrupsiya holatlarini qanday bartaraf etishmoqda?

Majburiy ijro byurosi sohadagi korrupsiya holatlarini bartaraf etishga jiddiy masala sifatida qaratmoqda. Byuro tashkil etilgan vaqtdan buyon korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasi asosiy vazifa va talablardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuni aytishim kerakki, Byuro organlarida xodimlar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish, korrupsion holatlarni fosh etish maqsadida ichki xavfsizlikni ta’minlash maxsus tarmog‘i aynan tizimdagi ushbu masalalar bilan shug‘ullanadi.

Birgina, Byuro tashkil topgandan buyon boshqarma tizimidagi 7 nafar xodim tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlarning 6 tasi ichki xavfsizlikni ta’minlash maxsus tarmoq xodimlarining tashabbusi asosida fosh etilgan.

Yuqoridagi xabarda keltirilgan holat ham boshqarmaning ichki xavfsizlikni ta’minlash maxsus tarmog‘i tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilgan. Oddiygina aytganda, Byuro xodimi degan nomga dog‘ tushirgan xodimlarga nisbatan murosasiz munosabatlar bildirilmoqda.

Xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamizki, O.Nuraliyev muqaddam Byuroning Paxtachi tumani bo‘limi davlat ijrochisi lavozimida ishlab kelgan.

Fuqaro G.Xudoyberdiyevaning murojaatiga asosan muqaddam Byuroning Paxtachi tumani bo‘limi davlat ijrochisi lavozimida ishlab kelgan O.Nuraliyev va boshqalarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida fuqaro G.Xudoyberdiyeva sobiq davlat ijrochisi O.Nuraliyevning ish yurituvidagi ijro ishining unga nisbatan bo‘lgan qismini tamomlash evaziga 4.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilayotganligini bayon qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, Byuroning Paxtachi tumani bo‘limi davlat ijrochisi O.Nuraliyev o‘zining norasmiy jamoatchi yordamchisi A.Abduvaliyevni jalb qilib, ish yurituvida bo‘lgan JIB Paxtachi tumani sudining O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan fuqaro G.Xudoyberdiyeva va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan ijro ishi bo‘yicha undiruvchilardan jami 18.087.650 so‘m yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini tamomlash evaziga fuqaro G.Xudoyberdiyevadan 4.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilib, 2019 yil 13 sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mablag‘larni olayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda ular o‘z ayblariga yarasha sud hukmi bilan jazosini olgan.

Yuqoridagi ta’kidlaganimizdek, Byuro nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan xodimlar bilan murosa qila olmaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi xodimlarimizning muomala madaniyati, aholi bilan ishlashining ahvoli va ular haqidagi shikoyat va murojaatlar o‘rganib boriladi.

Do‘stbek SULAYMONOV,

MIB Samarqand viloyati boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i katta inspektori.