MIB Samarqand shahri yo‘laklariga noqonuniy qurilgan konstruksiyalarni navbati bilan buzmoqda

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 6 iyundagi qarori ijro qilish uchun kelib tushgan.

Ushbu qarorda javobgar G.R. tomonidan Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda yengil konstruksiyali qurilmani buzish belgilangan.

Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, javobgar noqonuniy qurilgan yengil konstruksiyani ixtiyoriy buzib bermagan.

Ijro harakatlari davomida bo‘lim tomonidan mazkur qarorda belgilangan noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda buzdirilishi va javobgarning zimmasiga ushbu o‘zboshimchalik qurilgan qurilma joylashgan joyni oldingi holatga keltirish majburiyati yuklatilishi ta’minlandi.