Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 30 avgust kuni MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O. o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990 y.t.) ni «Uchariq» mahallasi hududida uchratib, aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan vaqtda qarzdor M.M. uni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan 05.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.M.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.