Milliy gvardiya xodimlari imtiyozli kreditlar asosida avtomashina olishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (596-son, 17.07.2019 y.). Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

- Unga ko‘ra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:

- kredit muddati – 5 yilgacha;

- dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;

- kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;

- kredit bo‘yicha ta’minot – sotib olinadigan avtotransport garovga qo‘yiladi.