Misr ehromlari hozir qurilganda qanchaga tushardi?
Misr ehromlari nafaqat ichki qurilishi, balki tashqi ko‘rinishida ham juda ko‘p sirlarni yashirib kelmoqda. Misol uchun, ehromlar qurilishi jarayoni qanday kechgani va necha pulga tushgani hozirgacha jumboq.
Arxeologlar ehromlar qurilishi bilan qiziqib, agar qurilish hozir, zamonaviy texnikalar mavjud zamonda barpo etilganda qanday bo‘lishini xomaki hisob–kitob qilib ko‘rdilar. Misol tariqasida Gizadagi Buyuk ehrom - Xeops ehromi qurilishi tahlil etildi. Ehrom 4500 yil avval qurilgan, balandligi 146 metr bo‘lgan, hozir 138 metrga kichraygan. Uning qurilishiga har biri uch tonna keladigan 2,3 millionta tosh ketgan. Qurilishi kamida 20 yil davom etgan.
Shunday qilib agar hozirda eng kam muddat – besh yilda shunaqa ehrom qurilishi zarur bo‘lsa, ko‘tarma kranlar va vertolyotlardan foydalanilib, 2 ming quruvchi ishlashi zarur bo‘larkan.
Baliq ta’mli o‘t taom
Isroillik tadqiqotchilar suvosti po‘panak o‘tlardan taom tayyorlashni o‘rgandi. Ushbu taom losos – Sulaymon baliqdan pishirilgan mazali ovqatdan farq qilmaydi.
Isroilliklarning ta’kidlashicha, uni tayyorlanish jarayonida kimyoviy qo‘shilmalardan foydalanilmaydi.
Kaliforniya universeteti olimlari esa dengiz suv o‘tlaridan ekologik toza poyabzal tovon – tagliklari tayyorlash texnologiyasini yaratdilar. Oyoq kiyimlarning ustki qismi ham suv o‘tlari tolasidan tayyorlanadi.
Noma’lum orollar
Yer yuzasida “oq dog‘lar“ qolmadi, degan kishilar adashadi. Ma’lumki, sayyoramiz muz qoplamasi yildan yilga jadal erib bormoqda. Natijada okean yuzasida shu paytgacha yashiringan ilgari noma’lum orollar paydo bo‘lmoqda.
Antarktidaning sharqiy qirg‘oqbo‘yida ana shunday orollardan biri aniqlandi. Ko‘p yillik yo‘ldosh orqali kuzatuvlarda uni qoplagan muz erishiga qaramasdan, orol o‘z shaklini saqlab turibdi. Ammo hozircha qor va muz bilan qoplagan “ yer” chegarasini aniqlab bo‘lmayapti.
T.Shomurodov tayyorladi.