Mixail Favorov O‘zbekistonda koronavirus holati qayd etilmaganiga to‘xtaldi
Tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida nima sababdan O‘zbekistonda koronavirus holati qayd etilmaganligi to‘g‘risida so‘zladi. Bu haqda Podrobno.uz muxbiri xabar berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan birgalikda, nima sababdan Markaziy Osiyo mamlakatlarida koronavirus qayd etilmayotganini muhokama qilgan.
Muhokama vaqtida ular quyidagi omillar haqida alohida fikr yuritganlar: Mo‘g‘uliston, Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kiradigan mo‘g‘ul-turk uchburchagi deb nomalnuvchi mamlakatlarda koronavirus holatlari deyarli qayd etilmagan (11 mart holatiga Turkiya va Mo‘g‘ulistonda bir donadan qayd etilgan).
“Bu bizning janob vazir bilan birgalikda aniqlagan topilmamiz – mo‘g‘ul-turk uchburchagi. Ajablanarli holat, dunyodagi eng katta aeroportlardan biriga ega bo‘lgan Turkiyada koronavirus holati (ushbu so‘zlardan keyin Turkiyada bir nafar kasallangan aniqlandi) qayd etilmagan. Shu qatorda Markaziy Osiyo davlatlarida ham. To‘g‘ri Mo‘g‘ulistonda bir dona kasallanish holati aniqlandi. Biroq Mo‘g‘uliston fuqarosi Fransiyadan Moskva orqali uchib kelgan”, dedi Mixail Favorov.
Shuningdek, u muhokama vaqtida mazkur omil yuzaga kelishining turli sabablari o‘rganilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
“Biz ushbu holat yuzaga kelishining turli variantlarini muhokama qildik – havoning quriqligi va o‘zgacha iqlim. Darvoqe, Ibn Sino isiriq yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun u bilan xonaga ishlov berish (tutatish) zarur ekanligi to‘g‘risida aytgan. Bu ajablanarli, biroq bunga qaramasdan, biz (koronavirus) holati yo‘qligiga guvoh bo‘lmoqdamiz va bo‘lmaydi deb umid qilamiz”.