Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang!

Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan, egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 oktyabrdan kechiktirmay to‘lashi lozim.

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’yektlarini ta’mirlash va aholi punktlarini obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.