Mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarilishi aytildi
Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmayotgani tanqid qilindi.
Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.