Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasiga kitob ishlab chiqarish sohasini manzilli qo‘llab-quvvatlash yuzasidan so‘rov yuborildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi – kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu orqali keng jamoatchilik o‘rtasida ma’naviyatni yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Biroq kitob ishlab chiqarish sohasining, ya’ni noshirlar va bosmaxonalar uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, ularga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ining qo‘llanishi aksariyat ishlab chiqaruvchilarni rasmiy faoliyat yuritishdan chetlashib, o‘g‘rincha (kontrafakt) mahsulotlar ishlab chiqarishga “undamoqda”. Natijada “yashirin iqtisodiyot” rivojlanib, qonuniy faoliyat yuritayotganlarning salmog‘i kamayib bormoqda, ya’ni sohada iqtisodiy nosog‘lom muhit tarkib topmoqda.

Shu o‘rinda soha vakillaridan kelgan murojaatlarda kitob ishlab chiqarishga nisbatan tabaqalashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini qo‘llash taklif etilmoqda. Jumladan, kitob ishlab chiqarish sanoatiga umumiyga nisbatan Rossiya Federatsiyasida 50 foiz, Germaniyada 36 foiz,