Moskva shahri va viloyatida ob-havoning «sariq» xavflilik darajasi belgilandi
- 14.02.2021 17:14
- 130
- Xorij

Tinimsiz yoqqan qor, muzli yomg‘ir, kuchli muzlik tufayli gidrometeorologiya markazi Moskva va Moskva yaqinidagi viloyatlarda ob-havoning «sariq» xavflilik darajasini e’lon qildi, deyiladi markaz saytida.
Qayd etilishicha, poytaxt va viloyatlarda xavf haqida ogohlantirish 16 fevralgacha amal qiladi.
Domodedovo aeroportida reyslar to‘xtatilgani bois kutish zallarida yuzlab yo‘lovchilar to‘planib qoldi, deya xabar beradi RIA novosti. Bir necha kundan buyon 100 ga yaqin reyslar kechiktirildi. Aeroport maishiy xizmat nuqtalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga ulgurmayapti, o‘rindiqlar yetishmayapti.
Aeroport rahbariyati reyslar jadvali qachon tiklanishi haqida ma’lumot berishmayapti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Registrator ofisida 60 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
- 58 daqiqa avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 1 soat avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 1 soat avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 2 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat