Muammoga jurnalist aralashgach…
- 19.01.2019 10:30
- 65
- Jamiyat
Malika Obloqulova, Samarqand tumanidagi Gulobod massivi 13-uyda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi:
- Bundan qirq kuncha burun massivimizda qurilgan ko‘pqavatli uyning 2 xonali xonadonlarining biriga ega bo‘lganimda boshim osmonga yetgandi. Ammo yangi uyda gaz, suv ta’minotining yaxshi emasligidan aziyat chekib, hafsalam pir bo‘lib turgan payt respublikamizning nufuzli nashrlaridan birining xodimi hol-ahvol so‘rab kelib qoldi. U kishiga qurilish korxonasi mutasaddilarining “bir haftada hammasini to‘g‘rilab beramiz”, deb quruq va’da bilan bizni aldashayotgani, mavjud kamchiliklarni ro‘y-rost aytdim. Qarangki, bu haqda matbuotda maqola chop etilibdi. Kecha viloyat prokuraturasi xodimlari kelib, men bildirgan muammolarning barchasini hal qilib ketishdi. Bo‘lar ekan-ku?! Nega buni quruvchi yoki boshqa mutasaddilarning bu masalalarga o‘z vaqtida e’tibor bermasliklariga tushunmayman. Demak, jurnalistlarning mavjud muammolarni jamoatchilikka yetkazishi, biz kabi fuqarolarning o‘z haq-huquqlarini talab etishida gap ko‘p ekan.