Muhiba Bobobekova: Vakolatidan to‘laqonli foydalanmayotgan deputatimiz yo‘q
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Muhiba Bobobekovaning gazetamiz savollariga javobi:
1. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz soni 2014 yilda 414 tani, a’zolar soni 13515 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil 1 iyul holatida boshlang‘ich partiya tashkilotlari 709 tani, partiya a’zolari soni esa 38549 nafarni tashkil qilmoqda.
Viloyatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida 9, tuman (shahar) Kengashlarida esa 90 nafar deputatlarimiz faoliyat olib bormoqda.
Biz siyosiy faoliyat samaradorligini oshirish uchun yangi shakl va uslublarni izlab topishga harakat qilyapmiz. Xususan, mahallalarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari va deputatlar hamkorligida qo‘shma qabullar uyushtirayapmiz. Sport maydonchalariga oilalarni jalb qilib, jismoniy tarbiyaning ommaviyligini oshirish choralarini ko‘rayapmiz. Viloyatimizdagi 12 ta maktabgacha ta’lim muassasasida homiylarni jalb etgan holda shaxmat-shashka maydonchalari qurildi.
“Bir oyda bir ish o‘rni” loyihasi doirasida mahallalardagi uyushmagan yoshlar, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan fuqarolar bilan ishlash, ularni faol hayot tarziga qaytarish, ta’lim olish, kasb o‘rganishga jalb etish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida hamkor tashkilotlar ko‘magida 100 ga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
2. Bu borada ham partiyamiz tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga tushuntirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida haftaning seshanba kuni “Siyosiy o‘quvlar kuni” deb belgilanib, joylarda 540 dan ziyod siyosiy o‘quvlar o‘tkazildi. Unda 13623 nafar fuqaro ishtirok etdi.
“Adolat - qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida haftaning chorshanba kuni deputatlar va partiya faollar tomonidan mahallalarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, bugungi kungacha 395 mahalla fuqarolar yig‘inida 4653 ta xonadon o‘rganildi.
Aholidan kelib tushgan murojaatlar asosan sog‘liqni saqlash, bank kreditlari va ijtimoiy-moddiy yordam olish hamda ish bilan ta’minlash masalalari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, qishloq joylarda aholini qiynayotgan gaz, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ichimlik suvi muammolari, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishildi.
Umuman, o‘rganishlar natijasida 178 ta muammo deputatlik so‘rovlari orqali mutasaddi tashkilotlarning e’tiborini qaratgan holda hal etildi.
3. Albatta, saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida eng avvalo Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga munosib nomzodlar ro‘yxatini shakllantirdik va ushbu nomzodlar bilan olib boradigan ishlarimizni rejalashtirib oldik. Har bir nomzod bilan suhbatlar tashkil etib, saralash ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Bundan tashqari, partiyamiz tomonidan saylov okruglari bo‘yicha kuzatuvchilar tanlanib, ular bilan dastlabki ishlarni olib borayapmiz.
4. To‘g‘ri, bunday holatlar ham uchrab turadi. Bunga asosiy sabab ayrim deputatlarning o‘z huquq va majburiyatlarini to‘laqonli anglab yetmaganida, deb o‘ylayman.
Saylov o‘tganidan so‘ng bunday holatlarning oldini olish maqsadida deputatlar bilan amaliy o‘quv –seminarlari tashkil etilib, barcha deputatlarimiz uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlandi.
5. Partiya Kengashi tomonidan deputatlar faoliyati yuzasidan doimiy monitoring ishlari olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Faoliyatimiz davomida partiya bilan aloqani uzgan, berilgan vakolatidan to‘laqonli foydalanmagan deputatlar kuzatilmaganligi sababli ham chora ko‘rish ehtiyoji bo‘lmadi.
6. Albatta, bu yilgi saylovchilar besh yil avvalgi saylovchilar emas, odamlarning siyosiy madaniyati va dunyoqarashi oshgan. Shundan kelib chiqib, viloyat kengashi qoshida tumanlararo ijrochi kotiblar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularning asosiy vazifasi deputatlar ishlarini muvofiqlashtirishdan iborat.
Bu yilgi saylovlarda xalq dardini his qila oladigan munosib nomzodlarni saralash va ularga deputatlik majburiyati va vakolatlarini to‘laqonli anglab yetishlari uchun nomzodlar ishtirokida suhbatlar olib borilmoqda.