Mutaxassis Rossiya hududida qora o‘lat tarqalishi xavfi haqida ogohlantirdi
- 17.07.2020 19:10
- 376
- Xorij
Mo‘g‘uliston Infeksiyalarni o‘rganish milliy markazi direktori o‘rinbosari Bandixuugiyn Amgalanbayar Rossiyaning chegara hududida joylashgan provinsiyalarida qora o‘lat tarqalishi xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonning 21 provinsiyasidan Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan 17 provinsiyada qora o‘lat tarqalishi xavfi mavjud. Shuningdek, mazkur hududlar kasallik o‘chog‘i ham bo‘lishi mumkin. Amgalanbayar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan statistikani keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, zaruriy choralar vaqtida ko‘rilmasa, qora o‘lat 24 saot ichida insonni nobut qilishga qodir.
Iyul oyining boshida Xitoy va Mo‘g‘uliston hududlarida qora o‘lat holatlari aniqlandi. 14 iyul kuni Mo‘g‘ulistonda o‘lim holati qayd etildi. 15 yoshli o‘smir kasallikni yuqtirib olganidan so‘ng bir necha kun o‘tib vafot etdi.