Mutaxassislar global iqlim ofati yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi

Ularning fikriga ko‘ra, u olti oydan so‘ng boshlanishi mumkin. Bu haqda “Planeta Novosti” portali yozmoqda.

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatix Birol barcha mamlakatlarni xushyorlikka va vaziyatni o‘nglash uchun zaruriy chora tadbirlarini ko‘rishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga kura, koronavirus pandemiyasidan keyingi jahon iqtisodiyotini tiklash yo‘lida atmosferaga zararli chiqindilarni kamroq chiqarish choralarini ko‘rmoq lozim.

Birol karantin vaqtida zararli chiqindilarning atmosferaga chiqarilishi 17 foizga kamayganini, biroq karantin qoidalari yumshatilganidan so‘ng chiqindi chiqarilish darajasi shiddat bilan ko‘tarilib ketganligini ma’lum qildi.

Mutaxassislar zararli chiqindilarni atmosferaga chiqarilishining bunday shiddat bilan o‘sishi olti-yetti oydan so‘ng jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zudlik bilan sanoatni rivojlantirishning boshqa yo‘llarini ko‘rish zarur. Aks holda bu global tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin.