Mutaxassislar xantavirusdan vafot etgan xitoylikning o‘limi yuzasidan izoh berdi
Neyrofiziologiya sohasi mutaxassisi Simaya Sheyk o‘zining Tvitter sahifasida xantavirusning odamdan odamga o‘tishi kam uchraydigan holat ekanligini bayon etdi.
Bundan tashqari, u mazkur kasallik o‘tgan asrning o‘rtalarida Koreya urushi davrida paydo bo‘lganini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xantavirusga qarshi vaksina mavjud bo‘lib, sarosimga tushishga asos yo‘q.
Uxan universiteti virusologi Yan Chjansyu kasallangan shaxs bilan birga avtobusdagi yo‘lovchilarning kasallanish ehtimoli deyarli yo‘qligini ma’lum qildi.
“COVID-19dan farqli ularoq xantavirus ko‘p xollarda nafas olish tizimi orqali yuqmaydi”, deya ta’kidladi u Global Times bilan bo‘lgan suhbatda.
Biroq mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu virus kasallanganning qoni va boshqa ajratmalari orqali yuqishi mumkin.
Shuningdek virusolog, kasallikning nazoratga olinishi oson bo‘lganligi sababli, xantavirus borasida xavotirlanishga hojat yo‘qligini, uning tarqalishi shaharlarda deyarli uchramasligini, u asosan qishloq joylarda uchrashini tushuntirdi. Muhimi, xantavirusga qarshi vaksina mavjud ekanligini ta’kidladi.