Hokimning sobiq o‘rinbosari avtohalokatda vafot etdi
- 17.01.2020 09:59
- 1048
- Hodisa
Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtohalokat 2020 yilning 14 yanvar kuni yuz bergan.
Manzuraxon Azizova 40 yil mobaynida Namangan viloyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.
2008 yilda Uchqo‘rg‘on tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2009-2015 yillarda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan buyon esa Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa