Narpaylik saxovatpeshalar aholiga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishda faol
- 01.04.2020 14:44
- 128
- Samarqand
“Mirbozor bozori”, “Oqtosh dehqonobod” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari xodimlari elga qiyin vaziyatlarda ko‘makdosh bo‘lish maqsadida o‘z hududlarida “Savdo yarmarkalari” tashkil etishdi.
Bugun har ikkala bozorda tashkil etilgan maxsus yarmarkalarda bir kilogramm kartoshka 3000 so‘mdan, piyoz 2000 so‘mdan savdoga chiqarildi.
Ibn Sino nomli MMTPga qarashli Ulug‘bek chorvachilik fermer xo‘jaligi raisi Sherali Xamroyev tumanning 56 mahallasida yashovchi 112 ta kam ta’minlangan oilalar uchun 200 kilogramm go‘shtni beminnat tarqatdi.
Shuningdek, “Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ehtiyojmand oilalarga un, moy, guruch, shakar kabi mahsulotlar tarqatishmoqda.
“Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 42 tonna un mahsuloti aholiga 140.000 so‘mdan sotilmoqda.
Narpay tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa