Narpayliklarning chiqindi, daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq muammolariga yechim topildi

Narpay tumanidagi 27-bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Davron Ochilovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan tuman ekologiya bo‘limi, "Toza hudud" davlat unitar korxonasi tuman filiali xodimlari, obodonlashtirish bo‘limi va boshqa tuman tashkilotlari mutasaddilariga 40 ga yaqin muammo yuzasidan murojaat qilindi.

Mahallalarda chiqindilarning to‘planishi, ularni belgilanmagan joylarga to‘kish holatlari, daraxtlarning noqonuniy kesilishiga doir bildirilgan murojaatlarning 22 tasi joyida hal etildi. 8 ta masala bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Qurilish-montaj ishlari, toza ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq 5 ta masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklanib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Sanjar SADULLAYeV.