Narx bo‘yicha yolg‘on axborot bergan “Qo‘rolos” ko‘mir ombori mutasaddilariga hayfsan berildi
Joriy yilning 23 noyabr kuni saytimizda Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmatining “Qo‘shrabotda ko‘mirning narxi nega ikki barobar qimmat?” sarlavhali maqolasini e’lon qilgandik. Maqolada bildirilgan tanqidiy masalalarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligidan javob xati oldik:
“Masala 2019 yil 24 noyabr kuni idoramiz ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlandiki, Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘rolos” ko‘mir ombori xodimlarining o‘z ish vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilmagan holda yolg‘on axborot bergan. Ya’ni, “Qo‘rolos” ko‘mir ombori taroziboni vazifasida ishlab kelayotgan A.Yalg‘oshev asossiz, og‘zaki xabar bergani, ombor mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan G‘.Mirakovga e’tiborsizligi uchun intizomiy chora qo‘llanilib, hayfsan berildi.
Shuni ta’kidlash joizki, fuqarolarga sotiladigan ko‘mir narxlari omborning tashqi va ichki qismidagi ko‘rgazmada belgilanib, ko‘rsatib qo‘yilgan.
Bu kabi kamchiliklar kelgusida sodir etilmasligi uchun ombor xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, ularga tushunchalar berildi.
F.HUSAINOV,
Samarqand birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi boshlig‘i”.