Netanyaxuning qaytishi: Isroilda siyosiy barqarorlikka umid ortmoqda

Isroil muxolifati yetakchisi Benyamin Netanyaxu yana hukumat rahbari bo‘ladi. Sobiq bosh vazirning “Likud” partiyasi boshchiligidagi o‘ng qanot va diniy partiyalar bloki 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida o‘z yetakchiligini kuchaytirdi va Knesset ovozlarning 120 o‘rindan 65 tasini nazoratga oldi.

«Ben-Gvir bu saylovda syurpriz qildi. Uning ko‘tarilishi kutilgan edi, lekin unchalik emas. Men o‘nglarga ishonaman va umid qilamanki Isroil davlati mo‘’tadil bo‘ladi, chunki Isroilning sobiq Bosh vaziri Arik Sharon aytganidek, "Bu yerdan ko‘rayotganingizni, u yerdan ko‘rmaysiz", deydi saylovchilardan biri.

Netanyaxu blokining bosh vazir Yair Lapidga nisbatan ustunligi so‘nggi yillardagi siyosiy beqarorlikka (4 yil ichida 5 ta saylov), hech bo‘lmaganda vaqtinchalik chek qo‘ydi.

"Biz qat’iy javob olganimizdan xursandmiz. Umid qilamanki, to‘rt yil mobaynida bizda kuchli hukumat bo‘ladi", - deydi fuqarolardan biri.

Tahlilchilar falastinliklarga nisbatan keskin pozitsiyasi bilan tanilgan Netanyaxuning g‘alabasi Falastin-Isroil mojarosini yanada kuchaytirishi mumkinligini istisno etmaydi. Chorshanba kuni isroillik askarlar G‘arbiy sohil nazorat-o‘tkazish punktida bostirib kelgan bir yosh falastinlikni o‘ldirishdi.

Yil boshidan beri ro‘y bergan mazhablararo zo‘ravonliklar Falastin tomonida 140 ga yaqin, Isroil tomonida esa 20 dan ortiq odam hayotiga zomin bo‘ldi.