Nima uchun karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketyapti?
- 21.04.2020 13:27
- 392
- COVID-19
Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda koronovirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzalishi, nima uchun karantin muddati uzaytirilayotganligiga aniqlik kiritildi.
– Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi.
Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi. Agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi. Virusni ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas, - deb javob berdi Oqilov.
Teglar:
karantin