Nigora Sa’dinova nega Anqaraga bordi?

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriq  va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Nigora Sa’dinova joriy yilning 25-fevral 3-mart kunlari Turkiya Respublikasining Anqara va Istanbul shaharlariga xizmat safariga yuborildi.

Turkiya Respublikasiga qilingan tashrifdan maqsad - shaharni boshqarish, obodonlashtirish, tarixiy obidalarni saqlash, maktabgacha ta’lim tizimi va autsorsing tajribasini o‘rganish hamda uni kelgusida viloyatimiz miqyosida ommalashtirish borasida tajriba almashinishdan iborat.

Xizmat safari davomida  N.Sa’dinova Anqara shahridagi  “Jahon bolalari universiteti” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim-tarbiya, ovqatlanish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Saytimizni kuzatib boring! Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.